10:40 / 08.01.2020
1
38102

Oq uy general Sulaymoniyning bartaraf etilishi sababini tushuntirdi

Foto: REUTERS

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayyen Islom inqilobi soqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi sababini tushuntirdi.

General 3 yanvarda Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSh harbiylari zarbasi vaqtida o‘ldirilgan. Sulaymoniyni bartaraf etish amaliyoti shaxsan AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.

O’Brayyen Sulaymoniyning o‘ldirilishini “o‘z-o‘zini himoya qilish” deb atagan va zarba avvaldan rejalashtirilganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, bu qon to‘kilishlar va qotilliklar oldini olish uchun muhim bo‘lgan.

“Bizda bo‘lgan va biz ishonchli deb hisoblagan ma'lumot Sulaymoniy va u bilan til biriktirganlar yaqin kunlarda ko‘plab amerikalik diplomatlar va harbiylarni o‘ldirishga tayyorlanayotganiga ishora qilgan”, deb aytgan O’Brayyen Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

AQSh vakilining ta'kidlashicha, AQSh prezidentining eng ustuvor vazifasi amerikaliklar xavfsizligini ta'minlash hisoblanadi va shu sababli prezident “ushbu muvaffaqiyatli amaliyotni o‘tkazishga ruxsat bergan”.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top