18:25 / 13.01.2020
0
21455
Iroq Rossiya bilan S-300 majmualarini sotib olish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda
Foto: Donat Sorokin/TASS

Iroq hukumati Moskva bilan Rossiyaning S-300 zenit-raketa majmualarini sotib olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda Iroqning Tehrondagi elchisiga tayanib Al Arabiya telekanali xabar berdi.

"Biz Rossiya bilan S-300 havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olish bo‘yicha muzokara olib bormoqdamiz", - degan diplomat.

O‘tgan yil kuzida Rossiya Suriyaga S-300 zenit-raketa majmualarini yetkazib bergandi.

24 sentabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya ikki hafta mobaynida suriyalik harbiylarga S-300 zenit-raketali majmuasini yetkazib berishini, bu Latakiyada urib tushirilgan Il-20 ga javob chorasi sifatida ko‘rilishini aytgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top