13:20 / 15.01.2020
0
3011
O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi 

Prezidentning “2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
 
Norma’ning yozishicha, qaror bilan 2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy parametrlari;

2020-2022 yillarda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi obektlarini ishga tushirishning asosiy parametrlari;

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning manzilli dasturlari.
 
Manzilli dasturlar ma'muriy, muhandislik-infratuzilma, suv xo‘jaligi, shuningdek, alohida muhim va toifalangan obektlarni, oliy ta'lim muassasalari obektlarini, umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni, maktabgacha ta'lim muassasalarini, tibbiyot muassasalarini va boshqalarni qurish va rekonstruksiya qilishni nazarda tutadi.
 
Shuningdek, hujjatda loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini, kelishilishini va tasdiqlanishini jadallashtirish talab etiladigan loyihalar (obektlar) va moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish, shuningdek, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish hamda tasdiqlash talab etiladigan istiqbolli loyihalar (obektlar) ro‘yxati keltirilgan.
 
2020 yilda budjet tizimi budjetlari hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlandi:

moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmasa;

loyiha hujjatlari mavjud bo‘lmasa;

pudratchi (loyihachi) tashkilotlar tanlov (tender) o‘tkazmasdan tanlab olinsa.
 
Hujjat qurilish tannarxini pasaytirish va kelgusidagi foydalanish xarajatlarini qisqartirishni inobatga olgan holda mutlaqo yangi namunaviy ijtimoiy va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini nazarda tutadi.
 
2020 yil 1 fevralga qadar “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top