Bu haqda Şavkat Umrzoqov 27 fevral kuni davlat rahbari bilan bölgan yiğilişdan söng Özbekiston24 telekanaliga bergan intervyusida aytib ötgan.

Qayd etilişiça, majlisda Toşkent şahrida sanoat va xizmat körsatiş sohalari hamda infratuzilmani rivojlantiriş böyiça hujjatlar loyihalari doirasida keyingi turgan dolzarb masala sifatida quriliş va renovatsiyadagi muammolar haqida ham gapirib ötilgan.

Umrzoqov poytaxtning özida 500 gektardan ortiq bölgan hududda qayta yangilanişga muhtoj binolar borligini ta’kidladi. Ular qatorida sobiq sovet vaqtida qurilgan 2 qavatli binolar ham bor.

“Köp yillar oldin qurilgan 2 qavatli binolar, Sergeli tumanida vaqtinçalik qurilib ketgan uylar – [ularning] hammasi bugungi kunda talabga javob bermaydi, xavfsizlik nuqtai nazaridan ularda risk katta.

Albatta, davlat biznesga şaroit yaratib bergani uçun xususiy sektor ularni [uylarni] bemalol köçiradi, u yerda zör, çiroyli quriliş obektlarini barpo etadi”,– dedi u.  

Hokimning qöşimça qilişiça, şu vaqtgaça renovatsiya qilinadigan yerlar böyiça aniq mexanizm bölmagan, yiğilişdan söng bu masala hal bölgan. Ya’ni 500 gektardan oşiq hudud renovatsiya qilinişi tasdiqlangan. “Öylaymanki, bu xususiy sektor işlaşiga juda katta imkoniyat”,– deydi Umrzoqov intervyu söngida.

Eslatib ötamiz, 2018 yilda prezident parlamentga qilgan murojaatida yirik megapolislarning tajribasi örganilib, renovatsiya dasturi bosqiçma-bosqiç joriy etilişini ma’lum qilgandi. Ya’ni foydalaniş muddati tugab, eskirib qolgan köp qavatli uylar örnida zamonaviy şaroitga ega bölgan yangi uylar quriş dasturi işlab çiqiş lozimligini aytgandi.

2021 yilda öşa vaqtdagi Uy-joy va kommunal xizmat körsatiş vazirligi taşabbusi bilan işlab çiqilgan renovatsiya dasturi böyiça hukumat loyihasi e’lon qilingandi.

Unga köra, 2021 yildan boşlab Özbekistonda köp qavatli uy-joy fondini yangilaş işlari boşlanişi, dastur doirasida köp qavatli uylarning inventarizatsiyasi va ularni ta’mirlaş yoki buziş rejalaştirilgani qayd etilgan.