Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Özbekistondagi loyihalar portfelini 5 mlrd dollarga yetkazişni rejalaştirilmoqda. Asosiy yönalişlar – transport, energetika, sifatli yöllar, toza suv va soğlom şaharlar. Kuni keça Toşkentga kelgan bank vitse prezidenti Lyudger Şuknext Kun.uz'ga intervyu berdi.

– Avvalo, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va uning xalqaro taraqqiyot moliyasiga qöşayotgan hissasi haqida biroz ma’lumot bersangiz.

– Rahmat. Yana Özbekistonga kelganimdan xursandman. Bu yerga ötgan yili kelgan edim. Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki nisbatan yangi taraqqiyot banki bölib, u endi 8 yoşga kirdi, lekin allaqaçon 100 dan ortiq a’zolari bor. A’zolari soni böyiça bankimiz ikkinçi eng yirik investitsion bank hisoblanadi va asosiy vazifasi kelajak uçun infratuzilmani qöllab-quvvatlaş orqali öz a’zolarining rivojlanişiga yordam berişdir.

Infratuzilma borasida bankning bir qança prioritetlari bor. Birinçisi, iqlim özgarişining oldini olişga va iqtisodiyotni yaşillaştirişga yordam beradigan infratuzilmani moliyalaştirişni rivojlantiriş. Moliyalaştirişimizning 50 foizi 2025 yilga qadar şu yönalişga qaratilişi kerak va biz bunga allaqaçon erişdik. Bankimiz diqqat markazidagi yana bir masala – xususiy moliyani jalb qiliş. Suhbat davomida bunga yana qaytaman. Biz texnologiyalardan foydalanadigan hamda mintaqadagi va ayniqsa Osiyodagi, balki undan taşqaridagi mamlakatlarni boğlaşga yordam beradigan infratuzilmaga e’tibor qaratişni maqsad qilganmiz.

– Siz bankning vitse-prezidenti va korporativ kotibisiz. Öz rolingiz va bu nima uçun muhimligini tuşuntirib bera olasizmi?

– Ha. Bank yuzdan ortiq a’zolarga ega kattagina bank bölişdan taşqari, köp tomonlama taraqqiyot banklari oilasining muhim a’zosi hisoblanadi. Taraqqiyot banklariga xos ravişda, OIIB – juda yuqori standartlarga ega ijtimoiy, atrof-muhit va boşqaruv standartlari loyihalarini moliyalaştiradi. Kuçli boşqaruv bizning asosiy xususiyatlarimizdan biridir. Qadriyatlarimiz – barqarorlik, pokizalik va yaşillik bölib, bunda yaşillik atrof-muhitni qöllab-quvvatlaş, barqarorlik keraksiz byurokratiyaga yöl qöymaslik va pokizalik bizda yaxşi boşqaruv mavjudligini anglatadi. Korporativ kotib va uning jamoasi kuçli boşqaruvni ta’minlaşi kerak. Özbekiston kabi aksiyador mamlakatlar bilan yaxşi munosabatlarni saqlaş, bankning boşqaruv organlarining yiğilişlarini taşkil etiş ham şular jumlasidan. Bu lavozimdan maqsad – direktorlar kengaşi, boşqaruvçilar kengaşi faoliyatini taşkil etiş va umuman olganda, bank özining barça tartib-qoidalariga rioya qilgan holda yaxşi obro‘ qozonişini ta’minlaşdir.

Özbekiston uçun bu yil bizda bir maxsus tadbir böladi, ya’ni yillik yiğilişimiz Samarqandda bölib ötadi.

– Keyingi savolim ayni şu haqda edi. Bankning yillik yiğilişi Samarqandda bölib ötadi. Bu tadbir nima sababdan Özbekistonda ötkazilyapti va hozirgi vaqtda mintaqada bank uçun ustuvor vazifalar qanday?

– Bank Özbekiston va Samarqandni tanlaşiga sabab – Özbekiston bizning eng muhim a’zolarimizdan biri bölib, biz bu yerda allaqaçon moliyalaştirayotgan yoki moliyalaştirişni rejalaştirayotgan juda katta loyihalar portfeliga egamiz. Bu qarorni bankdagi eng yuqori qaror qabul qiluvçi organ – boşqaruv kengaşimiz qabul qildi. A’zo davlatlar vazirlarining 9-yillik yiğilişini ötkaziş joyi sifatida Özbekiston tanlandi. Demak, bu mening yoki xodimlarning qarori emas, bu barça a’zolarimizning Özbekistonga işonçi ifodasidir.

Özbekiston Markaziy Osiyoning markazida alohida örin tutadi. Bizning bankimiz asosiy e’tiborini Osiyoga qaratadi, Özbekiston esa Markaziy Osiyoning markazida. Şuning uçun uçraşuvlarni Özbekistonda ötkaziş mantiqan töğri. Köplab rahbarlarimiz, bank rahbarlarimiz, a’zo davlatlar vazirlari va vazir örinbosarlari Samarqandga töplanadi. Bu yiğiliş bank rahbariyatini, mijozlarimiz va biz bilan loyihalarni amalga oşirayotgan biznesni, şuningdek, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarini bir joyga töplaydi. Demak, bu nafaqat bankka, balki butun dunyoga Özbekistondagi barça istiqbolli loyiha va işlanmalarni namoyiş etadigan katta tadbir böladi.

– Janob Şuknext, siz bu tadbirda biznes hamjamiyati ham qatnaşişini ta’kidladingiz. Nima uçun biznes hamjamiyati bu tadbirga qatnaşişi kerak va bank bundan qanday maqsadlarni közlagan?

– Ha, biz bir qança maqsadlarga erişmoqçimiz. Birinçisi, biz Özbekiston bilan hamkorligimizni mustahkamlamoqçimiz. Özbekiston, aytib ötganimdek, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan köplab loyihalarga ega. Va biz yanada köproq loyihalarni amalga oşirişni rejalaştiryapmiz. Allaqaçon 3 milliard dollarlik loyihalar böyiça kelişuvga erişdik va yana 2 milliard dollarlik loyihalar rejalaştirilyapti. Bu – Özbekistonga bank bilan birgalikda nima qilayotgani, öz maqsad va rejalari haqida dunyoga va boşqa a’zolarga gapiriş imkoniyatini beradi.

Özbekiston köplab islohotlarni amalga oşirdi va rivojlaniş uçun juda muhim rejalarga ega. Yillik yiğilişimiz Özbekiston uçun ham, Osiyo infratuzilmalar banki bilan işlaş uçun keladigan bizneslar uçun ham imkoniyatdir. Lekin tadbir faqat Özbekiston haqida bölmaydi. Bu – bankning yillik yiğilişi, demakki, boşqa mamlakatlarda nimalar qilinayotgani, qanday loyihalar amalga oşirilayotgani, asosiy prioritetlarimiz atrofidagi muhim mavzular böyiça muhokamalar böladi va buni köriş uçun köplab biznes egalari keladi. Bu anjuman tadbirkorlarga özaro uçraşib, biznes yaratiş va bir-biridan örganiş imkonini ham beradi.

Şuningdek, yillik yiğiliş bizga bank sifatida qanday rivojlanayotganimizni körsatib beriş imkoniyatidir. Bank hozir sakkiz yoşda va allaqaçon 50 mlrd dollar miqdoridagi moliyalaştiriş bilan 250 ta loyihaga ega. Bu nişonlaşga va körsatişga arziydigan narsa.

– Menimça, biznes hamjamiyatining yillik yiğilişlarda qatnaşişi birinçisi emas, şundaymi?

– Şunday, biznes hamjamiyati barça yillik yiğilişlarimizga taklif etiladi. Biz yillik yiğilişlarda ötgan bir neça yillarda amalga oşirilgan loyihalarning muvaffaqiyatlarini namoyiş etişga köproq e’tibor qaratamiz, çunki körsatadigan köplab loyihalarimiz bor. Xususan, Özbekistonda ham. Şuning uçun ham yillik yiğilişlarimiz har doim biznes uçun oçiq. Lekin bu safar balki yanada qiziqarli bölişi mumkin.

– Özbekistondagi eng muhim loyihalar va kelajakdagi rejalaringiz haqida aytib bera olasizmi?

– Umuman olganda, bu mintaqa tobora muhimlaşib boryapti. Özbekistonda va qöşni mamlakatlarda qilingan köplab islohotlar bilan, mintaqada yaxşi ösiş istiqbollari bor va bu doimo biznes uçun yaxşi asos hisoblanadi. Aytib ötganimdek, hozir bizda bir neça yillik investitsiyalar portfeli bor. Transport, energetika, şahar sanitariyasi, odamlarning hayot sifati uçun muhim barça masalalar, xavfsiz va toza energiya, yaxşi yöllar, toza suv, soğlom şaharlar, bularning barçasi böyiça biz allaqaçon Özbekiston bilan işlamoqdamiz va butun mintaqa bilan bu hamkorlikni çuqurlaştirişni rejalaştiryapmiz. Bu loyihalardan mintaqa va Özbekiston uçun katta foyda böladi.

– OIIB Özbekistonning transport, iqlim, ta’lim kabi sohalarini rivojlantirişga hissa qöşayotganini ta’kidladingiz. Bank bu loyihalarning samaradorligini qanday nazorat qiladi? Özbekiston hukumatiga bank tomonidan biror loyihaning samarali amalga oşirilişi böyiça qandaydir e’tirozlar bölganmi?

– Menimça, biz loyihalarimizning samaradorligi jihatidan yaxşi holatdamiz. Portfelimiz yaxşi, ambitsiyali loyihalardan iborat. Asosiysi, natijalarni yuzaga çiqarişimiz kerak. Hamkorligimiz endi boşlanyapti, şunday ekan, loyihalar töliq amalga oşirilgunga qadar biroz vaqt kerak böladi. Lekin men töliq işonç bilan aytişim mumkinki, barçasi muvaffaqiyatli keçadi va Özbekiston bizning hissamizdan, biz esa Özbekiston tomonidan mamnun bölamiz.

Bu imkoniyatdan foydalanib, umid qilamanki, sizning auditoriyangiz, tadbirkorlar, hukumat amaldorlari, qiziqiş bildirgan kişilar Samarqanddagi yillik yiğilişimizga kelişadi va kuzatişadi. Röyxatdan ötiş aprel oyida boşlanadi. Tadbir onlayn yoritiladi. Biz mamlakatingizdagi yillik yiğilişimizda köpçilikni körişdan juda xursand bölamiz.

– Rahmat, ammo savolim bank loyihalar samaradorligini qanday qilib monitoring qilib borişi haqida edi.

– Siz aniq qanday qilib amalga oşirilişini nazarda tutyapsizmi?

– Aytmoqçimanki, loyihalarning hududlarda qançalik samarali amalga oşirilayotganini qanday nazorat qilib borasiz.

— Bizda loyiha hujjatlari bor. Loyiha qanday amalga oşirilişi hujjatlarda belgilanadi. Loyiha işlab çiqiladi va muzokara ötkaziladi. Bu tayyorgarlik jarayonida kelişuvga erişgan tomonlar nima istaşlarini hal qilişadi. Masalan, çegara hududda yoki Özbekistonning istalgan bir hududida yöl qurişni istaşlari mumkin. Kelişuv davomida loyihannig barça parametrlari va elementlari belgilanadi. Standartlar, atrof-muhit, ijtimoiy va boşqaruv standartlari böyiça kelişuv tuziladi. Şikoyatlar bölmasligi yoki bölgan taqdirda ham oqilona hal etilişi uçun jarayon puxta taşkil etiladi. Loyiha hujjatiga natijalarni monitoring qilib boriş kiritiladi. Bu vaqt jihatdan, masalan, loyiha qaçon tugatilişi kerak, ta’siri qanday bölişi kerak, degan mezonlarni öz içiga oladi. Masalan, yöllar ma’lum standartlar asosida qurilişi kerak. Loyihalarning atrof-muhitga zararli ta’siri yöqligiga ham işonç hosil qilinişi lozim va hokazo.

Loyihani bevosita amalga oşiriş jarayoni ham, albatta, monitoring qilib boriladi. Biz tomonimizdan kuzatuv amalga oşiriladi. Masalan, yöl qurilayotgan bölsa, korrupsiya, odamlarning noqonuniy köçirib yuborilmasligi kabi holatlar bölmasligi uçun barça mexanizmlar töğri işlaşi ta’minlanadi. Oxirida, loyiha yakuniga yetkazilgaç, mablağlar behuda sarflanmagani va kelişilgan natijalarga erişilgani borasida hisobot tayyorlanadi.

– Javoblaringiz uçun rahmat. Qöşimça izohlaringiz bormi?

– Yöq. Aytganimdek, biz Özbekiston va mintaqa bilan hamkorlikni davom ettirişdan xursand bölamiz. Bu yerda ötadigan yiğiliş Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tarixidagi eng yaxşilaridan biri böladi deb umid qilamiz. Bölajak tadbirda Özbekiston jamoatçiligi qiziqib iştirok etsa, xursand bölardik.

Madina Oçilova suhbatlaşdi.
Operator va montajçi – Nizomjon Toşpölatov.