2024 yilda ittifoqqa qöşilgan Şvetsiya Rossiyaning yaqin ön yil içida NATOga hujum qilişi mumkinligidan xavfsirab, mudofaa va elektr tizimini agressiv tarzda mustahkamlaşga kirişdi. Bu haqda 24 aprel, çorşanba kuni Bloomberg xabar berdi. Şvetsiya mudofaa universiteti eksperti Vera van Zust agentlikka bergan intervyusida ta’kidlaganidek, Şvetsiyadagi elektr tarmoqlari köplab Yevropa mamlakatlariga qaraganda diversiyaga köproq moyil. Buning sababi Şvetsiyaning janubida yirik şaharlar, şimolda esa gidro va şamol elektr stansiyalari joylaşgan. Şu munosabat bilan mamlakatda elektr tarmoqlari 16 ming kilometrga çözilgan.

Rossiya energetika infratuzilmasiga hujum qilgan taqdirda keng miqyosdagi elektr ta’minotidagi uzilişlarning oldini oliş uçun Şvetsiya zaxira quvvatini tayyorlaşga kirişdi, deya qayd etadi Bloomberg. Şu tariqa, milliy energetika operatori Svenska Kraftnat Şvetsiyaning uçinçi yirik şahri Malmyodagi elektr stansiyasini sotişni bekor qildi. U 2016 yilda sotuvga çiqarilgan va beş yildan söng egasi - Germaniyaning Uniper kompaniyasi gaz va dizel yonilğisida işlay oladigan stansiyani demontaj qiliş va mamlakatdan olib çiqiş uçun sotgan. Endi Svenska Kraftnat Uniper’ga stansiyani şay holatga keltiriş va uni ön yillik oxirigaça saqlab turiş majburiyatini yukladi. 

«Umid qilamanki, biz bu imkoniyatlardan foydalanişimiz kerak bölgan vaziyatga tuşib qolmaymiz, - dedi zavod direktori Mikael Nilsson agentlikka bergan intervyusida. - Ammo biz bu yerda ekanligimizni va kerak bölganda tayyor bölişimizni biliş taskin beradi».

Şvetsiya zaxira energiya ta’minoti uçun rejalar tayyorlamoqda 

Rossiya hujumlari natijasida energiya tizimi oğir ahvolda bölgan Ukraina tajribasini hisobga olgan holda, Svenska Kraftnat Stokholm, Gyoteborg va boşqa muhim hududlarni zaxira energiya bilan ta’minlaş rejalarini tayyorlamoqda. «Biz inqiroz davrida odatdagidek işlaşni davom ettiriş qobiliyatimizni kuçaytirmoqdamiz», dedi kompaniyaning xavfsizlik böyiça boş direktori Erik Nordman Bloomberg bilan suhbatda.

2024 yilgi budjetda hukumat fuqarolik mudofaasi uçun 5,5 milliard kron (taxminan 473 million yevro) ajratdi - bu uruşdan oldingi 2021 yildagidan deyarli uç baravar köp. Aprel oyi örtalarida esa bu summaga yana 385 million kron (33,1 million yevro) qöşildi. Şvetsiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi yillik xarajatlarni 10 milliard kronga (deyarli 860 million yevro) oşiriş kerak, deb hisoblaydi. 

Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson 23 aprel kuni şunday dedi: «Biz juda açinarli sabablarga köra, Ukrainada sodir bölayotgan voqealardan köp narsani örganyapmiz».