22:39 / 18.01.2020
0
4847
Kazemironing dubli «Real»ga «Sevilya» ustidan g‘alaba keltirdi

 Ispaniya La Ligasi 20-turi doirasidagi markaziy uchrashuvda «Real» «Sevilya»ni mag‘lub etdi.

 Kazemironing 57, 69-daqiqalarda kiritgan gollariga de Yong faqat bitta gol bilan javob bera oldi – 2:1.

 Ushbu g‘alaba bilan ochkolar sonin 43taga yetkazgan Zidan shogirdlari hozircha turnir jadvali peshqadamiga aylanib olishdi. «Sevilya» esa 35 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

 Ma'lumot uchun, «Barselona» ushbu turdagi uchrashuvni yakshanba kuni «Granada»ga qarshi o‘tkazadi.

 La Liga. 20-tur. 18 yanvar
 Real Madrid – Sevilya 2:1

Gollar: 1:0 – 57 Kazemiro, 1:1 – 64 de Yong, 2:1 – 69 Kazemiro.

 Real Madrid – Kurtua, Varan, Karvaxal, Militao, Marselo (Mendi, 71), Kazemiro, Modrich, Kroos, Vaskes, Rodrigo (Vinisius Junior, 62), Yovich (Benzema, 62).

 Sevilya – Vatslik, Navas, Diyego Karlos, Regilon, Kunde, Banega (Roni Lopesh, 80), Gudel, Fernando, Vaskes (Oliver Torres, 75), Munir (En-Nesiri, 66), de Yong.

Ogohlantirishlar: Modrich (37), Banega (54), Karvaxal (87), Kazemiro (88).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top