Angliya Premer-ligasi: «MYu» «Arsenal»ga qarşi, «Liverpul» uçun jiddiy sinov
Tumanli Albionda turning markaziy uçraşuvi bu turda ham «Old Trafford»da ötkaziladi. Sulşer qöl ostidagi «Mançester Yunayted» Artetaning «Arsenal»ini qabul qiladi. «Yunayted» ötgan turda ham markaziy uçraşuvda Londonning «Çelsi» klubiga qarşi maydonga tuşgan va bahs nursiz durang bilan yakunlangandi. Öşa bahsdan keyin «MYu» çorşanba kuni YeÇL doirasida Bundesliga peşqadami «Leypsig»ni 5:0 hisobida mağlub etib, haftaning eng şov-şuvli ğalabasini qayd etdi. «Arsenal» ham Yevropa ligasi doirasida «Dandolk» ustidan yirik hisobda ğalaba qozondi. Yevrokuboklarda yaxşi iştirok etayotgan bu klublarning APLda unçalik omadi yurişayotgani yöq. Aynan uşbu bahs jamoalarning Premer-ligadagi bu yilgi imkoniyatlari qay darajada ekanligini körsatişi mumkin.
Amaldagi çempion «Liverpul» esa öz maydonida «Vest Hem»ni qabul qiladi. Devid Moyyes jamoasi oxirgi uç öyinda «Lester»ni safarda 3:0 hisobida mağlub etgani, «Çelsi» bilan 3:3, «Mançester Siti» bilan esa 1:1 hisobini qayd etganini inobatga olsak, Yurgen Klopp jamoasini jiddiy sinov kutib turganligini anglaş mumkin.

APL. 7-tur.
30 oktabr (juma)
01:00. Vulverhempton - Kristal Pelas 2:0.
31 oktabr (şanba)
17:30. Şeffild Yunayted - Mançester Siti
20:00. Bernli - Çelsi
22:30. Liverpul - Vest Hem
1 noyabr (yakşanba)
17:00. Aston Villa – Sauthempton
19:00. Nyukasl – Everton
21:30. Mançester Yunayted – Arsenal
00:15. Tottenhem – Brayton
2 noyabr (duşanba)
22:30. Fulhem – Vest Bromviç
01:00. Lids – Lester.
Ispaniya La Ligasi: «Barsa» va «Real» örtamiyonalarga qarşi
La Liga 8-turiga start bergan juma kungi uçraşuvda «Kadis» safarda «Eybar»ni mağlub etib, «Real»ni bir poğona pastlaşişiga sabab böldi va 2-öringa çiqib oldi. Şunga qaramay, Zidan jamoasi peşqadamlikni yana qaytarib oliş imkoniyatiga ega. Madridliklar bu turda «Ueska»ga qarşi saf tortişadi. «Barselona» futbolçilari esa klub rahbariyatidagi özgarişlarga qay daraja reaksiya körsatişini «Alaves» bilan öyinda köramiz. Turning markaziy bahsi «Atletik» va «Sevilya» örtasida ötişi kutilmoqda.















