18:38 / 21.01.2020
1
11291
Lukashenko Rossiya Qozog‘istondan Belarusga neft yetkazib berilishiga qarshi chiqayotganini aytdi
Foto: RIA Novosti

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Qozog‘istondan Belarusga neft yetkazib berilishiga qarshi chiqayotganini aytdi.

"Agarda Rossiya rozi bo‘lsa, Qozog‘iston bizga neft yetkazib berishi mumkin. G‘alati: ittifoqchimiz boshqa ittifoqchimizning bizga neft yetkazib berishiga qarshilik qilmoqda", - dedi Lukashenko.

Belarus prezidenti hozir Minskda "to‘liq hajmdagi" Rossiya nefti o‘rnini bosadigan boshqa muqobil yo‘l yo‘qligini bildirdi. 

"Ammo kelishganimizdek, diversifikatsiya qilishimiz kerak. Rossiyadan 30-40 foiz neft sotib oladigan bo‘lishimiz kerak. Yana 30 foizini Boltiqbo‘yidan, Ukrainadan 30 foizini sotib olishimiz kerak", - dedi u.

Xabar qilinishicha, 17 yanvar kuni Qozog‘iston energetika vaziri Nurlan Nogayev "Belneftexim" konserni raisi o‘rinbosari Andrey Bunakov bilan uchrashgan. Qozog‘iston energetika vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar Qozog‘istondan Belarusga neft va neft mahsulotlari yetkazib berish hamda yetkazib beriladigan mahsulot hajmini muhokama qilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top