08:00 / 30.01.2020
5
55502

Koronavirus butun Xitoy bo‘ylab tarqaldi. Qurbonlar soni 170 kishiga yetdi

Foto: AFP

Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar soni 170 nafarga, kasallanganlar soni 7771 nafarga yetdi. Shuningdek, virus Xitoyning Tibet provinsiyasida ilk bor qayd qilindi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi. 

Shu tariqa koronavirus butun Xitoyni qamrab oldi. Avvalroq Tibetda koronavirusni yuqtirish holati qayd etilmagandi. 

Bir kun avval virusdan 132 kishi vafot etgani, 5974 kishi kasallangani ma'lum qilingandi. Bundan ko‘rish mumkinki, bir kun ichida qurbonlar soni 38 nafarga, kasallanganlar soni esa 1737 nafarga oshgan. Qurbonlarning 37 nafari virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasiga to‘g‘ri kelgan.

Shifoxonada qolayotgan bemorlardan 124 kishiga javob berilgan.

Dunyoda yangi virusdan kasallanganlar umumiy soni 8 ming kishiga yetdi. Xitoyda 7771 ta, uning ma'muriy hududlari hisoblangan Hongkongda 10 ta, Makaoda 7 ta va Tayvanda 8 ta kasallanish holati qayd etilgan. 

Osiyoning qolgan davlatlarida koronavirusdan 71 ta, Yevropada 8 ta, Shimoliy Amerikada 8 ta, Avstraliyada 5 ta va dunyoning boshqa hududlarida 5 ta kasallanish holati qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top