21:48 / 31.01.2020
0
5389
Airbus Rossiya va Xitoydagi amaldorlarga pora berish to‘g‘risidagi ish doirasida 4 mlrd dollar jarima to‘laydigan bo‘ldi

Airbus o‘z daromadini 1,05 mlrd yevroga oshirish uchun 16 mamlakatda pora bergan.

Yevropaning Airbus SE aviasozlik konserni pora to‘g‘risidagi ishni hal qilish uchun 4 mlrd dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Airbus o‘z daromadini 1,05 mlrd yevroga oshirish uchun 16 mamlakat, jumladan Yaponiya, Rossiya va Xitoyda pora bergan, dedi Fransiya milliy moliyaviy prokuraturasi prokurori Jan-Fransua Boner.

Da'volarni hal qilish Airbus yangi bozorlarga chiqishda pora berish uchun vositachilarni jalb qilganligi to‘g‘risidagi to‘rt yildan buyon davom etayotgan tergovga chek qo‘yadi. Kompaniya Fransiya hukumatiga 2,1 mlrd, Buyuk Britaniyaga 983 mln va AQShga 530 mln yevro to‘lashga rozi bo‘lgan.

Tergov ishlari kompaniyaning sotuv ishlariga mas'ul barcha rahbar va xodimlari almashishiga olib kelgan. Airbus tergovchilarga bir necha millionta hujjat taqdim qilgan va axloq normalarining yangi tizimini tashkil etgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top