16:04 / 31.01.2020
0
6326
«Arsenal» yana bir transferini e'lon qildi

«Arsenal» «Sauthempton» himoyachisi Sedrik Soareshning transferini e'lon qildi.

28 yoshli portugaliyalik futbolchi «to‘pchilar» tomonidan mavsum yakuniga qadar ijaraga olingan. Ijara uchun «avliyolar»ga 1 million funt to‘lanadi. Shuningdek, uning 65 ming funt sterling miqdoridagi haftalik maoshi londonliklar tomonidan to‘lab boriladi.

2020 yil yozida «Sauthempton» bilan shartnomasi muddati yakunlanadigan futbolchi erkin agent sifatida London klubiga keladi.

«Sauthempton» shartnomasi muddati tugashiga yarim yil qolgan futbolchisini 6 mln funtga sotishni rejalashtirayotgandi.

Soaresh – 2016 yili Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgandi. U 2010-2015 yillarda «Sporting» klubi a'zosi bo‘lgan, 2015 yildan buyon «Sauthempton» safida to‘p surib kelayotgandi (2018-19 yilgi mavsumning ikkinchi qismini «Inter»da ijara asosida o‘tkazgan).

Bundan avvalroq «Arsenal» «Flamengo»ning ispaniyalik himoyachisi Pablo Marini keyinroq sotib olish huquqi bilan ijaraga olgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top