Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» yangi transferini e'lon qildi
Braziliyaning «Flamengo» klubi himoyachisi Pablo Mari Londonning «Arsenal» klubiga o‘tdi.
Ispaniyalik futbolchi keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum yakuniga qadar «Arsenal»ga ijaraga berilgan.
Ushbu futbolchi londonliklar klubining qishki transferlardagi ilk transferi bo‘ldi. Qayd etilishicha, Mari Tomas Vermalendan keyingi 2009 yildan buyon jamoa taklif etgan ilk chapaqay markaziy himoyachidir.
Ma'lumot uchun, Mari o‘tgan yozda «Manchester Siti»dan «Flamengo»ga o‘tgandi. Ispaniyalik futbolchi Braziliya klubida 30 o‘yinda 3ta golga mualliflik qilgan. Himoyachi «Flamengo» safida Libertadores kubogi va Braziliya chempionati g‘olibiga aylandi. Marining transfer bozoridagi bahosi 1,8 million yevroni tashkil etadi.
Mavzuga oid
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026