14:54 / 06.02.2020
3
9794
Humo to‘lov tizimida nosozlik yuzaga keldi

O‘zbekistonda Humo tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga keldi

Mamlakatda Humo tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga keldi.

Humo to‘lov tizimi xabariga ko‘ra, ushbu holatni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va yaqin vaqtda tizim odatiy tartibda faoliyatini davom ettiradi.

Bank va Mijoz telegram kanali xabariga ko‘ra, to‘lov tizimi kartalari, bankomatlari va terminallari 2 soatdan beri ishlamayapti.

Mutasaddilar tez orada ishlashini ma'lum qilishgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top