Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya banklari yangi kartasiz to‘lov tizimi ustida ishlamoqda
Rossiyaning "Sber", "Alfa-bank" va "T-Bank" banklari kartasiz bo‘ladigan yangi to‘lov tizimini ishlab chiqishni boshladi. QR-kodlar, biometrika va Bluetooth orqali to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan, deb xabar beradi RBK.
Foto: Natalya Seliverstova/RIA Novosti
Rossiyaning Sberbank, "Alfa-bank" va "T-Bank" banklari kartasiz bo‘ladigan yangi to‘lov tizimini ishlab chiqishni boshladi. Buning o‘rniga muqobil to‘lov usullari asos bo‘ladi, deb xabar berdi RBK 14 oktyabr, seshanba kuni loyihada ishtirok etayotgan banklarga tayanib.
"T-Bank" asosiy ekotizim mahsulotlari direktori Sergey Xromovning so‘zlariga ko‘ra, yangi to‘lov tizimi QR-kodlari, biometrika va Bluetooth orqali to‘lovlarni, shuningdek, «kartalarga muqobil boshqa texnologiyalar»ni qo‘llab-quvvatlaydi. "Sber"ning qo‘shimcha qilishicha, kartalarni chiqarish istisno qilinmagan, ammo aynan ulardan boshlashning hojati yo‘q.
Xromov, shuningdek, banklar hozirda Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankiga taqdim etish uchun yangi to‘lov tizimining konsepsiyasini ishlab chiqayotgani haqida xabar berdi. Keyinchalik, uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa banklar, fintex-kompaniyalar, uyali aloqa operatorlari va riteylerlar ham loyihaga qo‘shilishi mumkin.
Banklardan biridagi RBK manbasi loyihaga kiritilgan sarmoyani taxminan 10 milliard rublga baholadi. Banklar komissiya daromadlarining ortishi hisobiga bu summa tezda qoplanishini kutmoqda. Shu bilan birga, ular Rossiyaning "Mir" kartalari operatori - Milliy to‘lov kartalari tizimi bilan raqobatlashish niyatida emas.