09:19 / 06.02.2020
2
18744

Uzbekistan Airways: Koronavirus tufayli odamlarni Xitoydan ko‘chirish jarayoni yakunlandi

Pekindan Toshkent aeroportiga uchinchi charter reys yetib keldi

Foto: Uzbekistan Airways

Koronavirusning tarqalishi tufayli odamlarni Xitoydan ko‘chirish jarayoni yakunlandi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, har ikki tomondan biologik xavfsizlik choralariga rioya qilish virusologiya mutaxassislari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda nazorat qilindi. 

Pekindan yo‘lovchilar bilan uchinchi reys Toshkentga mahalliy vaqt bilan 4:40da yetib keldi. Samolyot bortida 251 yo‘lovchi, ekipaj a'zolari va zamonaviy himoya vositalari bo‘lgan tibbiyot vakillari bo‘lgan.

Bu samolyot yo‘lovchilari ham koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalarida 14 kun davomida karantin holatida saqlanadi.

Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savol uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling: +998 (71) 276-49-66.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Xitoydan olib chiqib ketish uchun uchta charter reysni tashkil etdi - ikkitasi Pekinga (pullik) va bittasi Uxanga (bepul). Ulardan ikkitasi 4 va 5 fevral kunlari Toshkentga qo‘ndi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top