08:21 / 08.02.2020
2
31898

Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 720 kishidan oshdi

Foto: Jerome Favre / EPA

Xitoyda koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan pnevmoniyadan vafot etganlar soni 722 nafarga yetdi, 34 546 kishida kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda «RIA Novosti» mamlakat sog‘liqni saqlash idoralariga tayangan holda xabar bermoqda.

Shu tariqa, qurbonlar soni bir kunda 88 kishiga ortdi. Bir kun oldin rasmiy ravishda 636 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgani hamda 31,1 ming kishi kasallangani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.

Yangi o‘lim va kasallanish holatlarining aksariyati 2019-nCoV koronavirusining tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahri (Xubey provinsiyasi)da qayd etildi. Xitoyning boshqa provinsiyalarida yana bir necha kishi hayotdan ko‘z yumgani aytilmoqda.

Avvalroq, OAV koronavirusning yana bir «aybdori» topilgani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.

Pangolin
Foto: REUTERS/Kham

Pangolinlar yangi turdagi koronavirusning oraliq egasi bo‘lishi mumkin. Osiyoda tansiq ovqat hisoblanuvchi ushbu sutemizuvchilarning go‘shti orqali kasallik odamlarga yuqqan bo‘lishi mumkin.

Reuters bu haqdagi yangi ma'lumotni 7 fevral kuni Janubi-Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti xodimlari rahbarligidagi olimlar guruhi tadqiqotiga asoslanib xabar qildi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top