08:17 / 10.02.2020
0
6574
Metall seyfdan 30 000 000 so‘m pulni o‘g‘irlagan uch nafar yigit ushlandi

Beruniy tumanida o‘g‘rilikda gumon qilingan 3 nafar yigit ushlandi va telefon apparati ashyoviy dalil sifatida olindi

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 04 yanvar kunidan 05 yanvar kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi 37 yoshli D.M.ga tegishli “To‘qimachi” mahallasida joylashgan MChJ hududida turgan temir konteyner ichidagi metall seyfni kalit bilan ochib, ichidagi jami 30.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu o‘g‘irlik jinoyatini 19 yoshli N.A., 18 yoshli S.A. va 17 yoshli T.S. sodir etganliklari aniqlangan hamda ularning har biridan o‘g‘irlangan pullar evaziga sotib olingan "Redmi Note 8" rusumli uyali telefonlar va turli xil kiyim-kechaklar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top