Said Abdullaxon qadimiy Xorazmning poytaxti Xiva şahrida XVIII asrdan boşlab hukmronlik qilgan özbeklarning qönğirot qavmiga mansubdir. U 1871 yilda tuğilgan. Otasi Muhammad Rahimxon II Feruzxon taxallusi ostida ijod qilgan maşhur şoir, Rossiya generali va davlat arbobi bölgan. Muhammad Rahimxon II 1910 yilda vafot etgaç, taxtga tönğiç öğil Asfandiyorxon ötiradi.

XIX asr oxirida Xorazm davlati Rossiya protektoratiga aylangan va Xiva xonligi deb atala boşlagandi. Rossiya imperiyasi qulaganidan söng, mustaqil Xorazm davlatini taşkil qilişga urinişlar boşlanadi. 1918 yil bahorida xonlikdagi parokandalikdan foydalangan turkman-yovmut qabilasi sardori Junaidxon harbiy töntariş qilib, Asfandiyorxonni öldirdi va taxtga uning ukasi Said Abdullani ötqazdi. Lekin amalda boş vazir sifatida xonlikni Junaidxon boşqardi. Said Abdullaxon esa «qöğirçoq xon»ga aylanadi. Balki mana şu holat keyinçalik uning hayotini saqlab qolgan bölişi ham mumkin.

XX asr boşida Xiva

1919 yilning kuzida Moskvada sovetlar hukumati tomonidan Xiva xonini ağdariş haqida qaror qabul qilingan va Xorazmga Qizil Armiya qismlari yuborilgan. 1920 yil yanvar oyida Junaidxon laşkarlari sovetlar tomonidan yakson qilinadi. Uning özi esa Afğonistonga qoçib ketdi. Xiva xoni Said Abdullaxon va uning oilasi Butunrossiya favqulodda komissiyasi (Vserossiyskaya çrezviçaynaya komissiya - VÇK) tomonidan hibsga olinadi. 2 fevral kuni sovet hukumati bosimi ostida u rasman taxtdan voz keçgan.

Xon va uning oilasi ustidan qisqa sud jarayoni 1920 yil yozida bölib ötadi. Hukmga köra, Said Abdullaxon va uning taxtiga vorislik qiliş huquqiga ega bölgan erkak qarindoşlari Xorazm Xalq Sovet Respublikasidan badarğa qilinadi. Barça mol mulki – pullari, qimmatbaho buyumlari, uylari, yerlari musodara qilinadi. Said Abdullaxon bilan uning uç öğli (kenja Said Abdulla, Rahmatulla, Yoqub Yusuf), akasi Muhammadyor va 4 jiyani (Abdurasul, Madyor, Nosir, Ibodulla) ham Xorazmdan badarğa qilingan.

Xon va yaqin qarindoşlarining keyingi hayoti haqidagi tarixiy ma'lumotlar juda kam. Biroq, 2019 yil dekabr oyida Kiyevdagi «Yaroslavov Val» naşriyoti yozuvçi Grigoriy Guseynovning «Şarqdan esgan şamol» (ukrain tilida - «Viter zi sxodu») nomli kitobini naşrdan çiqaradi. Unda Xivaning sönggi xoni Said Abdullaxon va uning oilasi haqidagi şu paytgaça noma'lum bölgan ma'lumotlar töplangan.