00:03 / 15.02.2020
0
13600
«Manchester Siti» yevrokuboklardan ikki mavsumga chetlatildi
Foto: mancity.com

UYeFA «Manchester Siti» klubini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan deb topdi va yevrokuboklardan ikki mavsumga chetlatdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bundan tashqari, klub 30 mln yevro miqdorida jarimaga ham tortildi. 

«Manchester Siti» 2012-2016 yillarda homiylardan olgan daromadlarini oshirib ko‘rsatib, litsenziyalash va moliyaviy feyr-pley qoidalarini jiddiy tarzda buzgan va bu bilan UYeFAni chalg‘itgan. 

Qayd qilish joizki, «Manchester Siti» bu qaror ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat berishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top