Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini ushlab turish tobora murakkablashib borayotganidan ogohlantirdi. Shu sababli xalqaro tibbiyot epidemiyani nazorat qilish uchun tezroq harakat qilishi lozim.
Bu haqda National Post nashri xabar berdi.
“Imkoniyatlar darchasi tobora torayib bormoqda, shu sababli u to‘liq yopilgungacha tezroq harakat qilishimiz lozim”, deb javob qilgan JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus Livan va Eronda koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilishi epidemiyaga qarshi kurashda “buriluvchi on” bo‘lgani haqida berilgan savolga.
“Epidemiya istalgan yo‘nalishda tarqalishi mumkin”, deb aytgan Gebreyyesus.
Uning ta'kidlashicha, agar dunyo tibbiyoti ulgursa, inqirozning oldi olinadi, ammo bu imkoniyat qo‘ldan boy berilsa, dunyo jiddiy muammolarga to‘qnash keladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga 18 kishi chalingan, 4 kishi vafot etgan. Shuningdek, Livanda koronavirus yuqtirish bo‘yicha ilk holat qayd etilgan.