13:24 / 22.02.2020
0
2019
Yaponlar Toshkentda munitsipal infratuzilmaning fazoviy ma'lumotlar bazasini tashkil qilishi mumkin

Yaponiyalik mutaxassislar munitsipal infratuzilmaning fazoviy ma'lumotlar bazasini tashkil qilish taklifini bildirdi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligida Yaponiyaning Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligining xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Shuxey Kodzima hamda Asia air survey Co. LTD. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonqulov, Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri hamda shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdilar.

O‘zaro muloqot davomida yaponiyalik mutaxassislar Munitsipal infratuzilmaning fazoviy ma'lumotlar bazasini (MIFMB) tashkil qilish taklifini bildirdilar. Ushbu infratuzilma yo‘llar boshqaruvi, suv ta'minoti va oqava suv yo‘nalishi, shaharni rejalashtirish kabi qator tizimlarni birlashtiradi.

MIFMB loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, yaponiyalik mutaxassislar o‘zlarida bu yo‘nalishda qilingan ishlar natijalariga to‘xtalib o‘tdilar va loyihaning istiqbollari haqida atroflicha ma'lumot berdilar.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top