O‘zbekiston | 23:20 / 24.02.2020
84524
1 daqiqa o‘qiladi

Botir Xo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi

Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimidan ozod etilgan Botir Asadillayevich Xo‘jayev hukumatda yangi lavozimni egalladi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, hukumat tuzilmasi yangilangan va yangi lavozimlar joriy etilgan. Endilikda sobiq vazir Botir Xo‘jayev Bosh vazirning sanoat va kooperatsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

2016 yildan Moliya vaziri lavozimida ishlagan Botir Xo‘jayev 2017 yilda Iqtisodiyot vaziri lavozimiga o‘tkazilgan, 2019 yil yanvarida prezident farmoni bilan bu vazirlik qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylangan, Xo‘jayev vazirlik rahbari sifatida lavozimini saqlab qolgandi.

Bundan avvalroq Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid