Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri özgardi. Kun.uz manbasi xabariga köra, bu lavozimda 2011 yildan buyon işlab kelgan Galina Karimovna Saidova örnini Moliya vaziri Botir Xöjayev egalladi.

1956 yilda Samarqand şahrida tuğilgan Galina Saidova 2002 yildan buyon Iqtisodiyot vazirligida turli lavozimlarda işlab kelgan. U 2010-2011 yillarda Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bölgan, 2011 yil avgustidan buyon Iqtisodiyot vazirligini boşqarib kelayotgandi.

Moliya vazirligi rahbarligiga esa boş vazir örinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantiriş, tarkibiy özgartirişlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş kompleksi rahbari Jamşid Qöçqorov kelgan.

Yangi iqtisodiyot vaziri Botir Asadillayeviç Xöjayev 1956 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Millati özbek.
Ma'lumoti oliy, 1979 yilda Toşkent temir yöl transporti muhandislari institutini tamomlagan. U 2006—2009 yillarda — Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, 2009—2011 yillarda — Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari – Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi, 2011 yil noyabrda Iqtisodiyot vazirining Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valyuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari böyiça birinçi örinbosari. Botir Xöjayev 2016 yilning dekabrida Rustam Azimov örniga Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri etib tayinlangandi.
















