21:09 / 24.02.2020
0
4744
Huawei 5G texnologiyasida ishlaydigan buklama smartfonini namoyish etdi

Huawei roppa-rosa bir yil avval 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan Mate X buklama smartfonini taqdim etgandi.

Foto: Cheng Ting-Fang

Xitoyning Huawei korporatsiyasi Barselonadagi onlayn-taqdimotda 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi Mate XS buklama smartfonini namoyish etdi.

Qayd etilishicha, smartfon 5G tarmog‘ida ishlashdan tashqari, bir vaqtning o‘zida ikkita ilova bilan ishlash imkonini beruvchi "ko‘p oynali rejim"ni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Huawei roppa-rosa bir yil avval 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan Mate X buklama smartfonini taqdim etgandi.

AQSh ma'muriyati Huawei korporatsiyasini XXR harbiylari va razvedkasi bilan hamkorlikda ayblab keladi hamda boshqa mamlakatlarni 5G uyali aloqa standartiga o‘tishda korporatsiya qurilmalaridan foydalanishga chaqirmoqda. 

Huawei esa bu ayblovlar asossizligini, siyosiy tusda ekanligini va bozor raqobati tamoyillarini buzishini bildirmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top