08:22 / 25.02.2020
0
16313
Dunyodagi eng keksa erkak hayotdan ko‘z yumdi
Foto: Kyodo / Reuters

Sayyoramizning ayni vaqtdagi eng keksa erkagi hisoblangan yaponiyalik Vatanabe Titetsu 23 fevralda 112 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. 12 fevralda u dunyoning eng keksa erkagi sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgandi.

“Kiodo” axborot agentligining xabar berishicha, 113 yoshini qarshilashiga sanoqli kunlar qolgan qariya Niigata prefekturasidagi qariyalar uyida olamdan o‘tgan. 

Vatanabe 1907 yil 5 martda Yaponiyada dehqon oilasida dunyoga kelib, 20 yoshida Tayvanga ko‘chib o‘tgan. U 18 yil o‘tib yana Yaponiyaga qaytib kelgan. 

Vatanabegacha eng keksa erkak sifatida yana bir yaponiyalik - Xokkaydo orolida yashovchi Masadzo Nonaka e'tirof etib kelingan. U 2019 yil 20 yanvarda 113 yoshida vafot etgandi.

Yaponlar an'anaviy ravishda sayyoramizning eng uzoq umr ko‘ruvchi vakillari reytingida eng yuqori pog‘onalarni egallab kelishadi.

Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, hozirda sayyoramizning eng keksa vakili ham 117 yoshli yaponiyalik ayol Kane Tanaka hisoblanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top