Yoşi uluğ insonlarni hurmatlab, e'zoz-ikrom körsatiş xalqimiz qoniga singgan azaliy qadriyatlari sirasiga kiradi. Şu bois, bu masala mamlakatimiz ijtimoiy siyosatida ham alohida öringa ega. 

Ayniqsa, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida”gi Farmonining e'lon qilinişi zamirida ham ana şunday uluğvor maqsadlar mujassam. Şu muhim farmon asosida ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga turli mukofotlar berildi, avtomobillar xarid qilişda qulayliklar yaratildi, ijtimoiy va moddiy yordamlar körsatilmoqda. 

Eng quvonarlisi, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining muborak Haj ziyoratiga boriş böyiça bildirgan istaklari hamda “Nuroniy” jamğarmasining taklifiga binoan ilgari Haj ziyoratiga bora olmagan yoki bunga imkoni bölmagan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari Prezident tomonidan ajratilgan mablağlar hisobidan Haj ziyoratiga yuboriladigan böldi. 

Nuroniy-faxriylarga körsatilayotgan bunday yuksak ğamxörliklar va e'tibor yurtimizda inson qadri naqadar uluğ ekanini körsatib turibdi, desak mubolağa bölmaydi. 

Kuni keça Toşkent şahar Şayxontohur tumani Boş imom-xatibi Odilxon qori Ismoilov, Namangan vakilligi, tibbiyot xodimlari va www.muxlis.uz diniy-ma'rifiy sayti jamoasi “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot yili” doirasida Namangan va Andijon viloyatida safarda bölişdi. 

Guruh a'zolari dastlab Namangan şahri, Çust, Kosonsoy, Mingbuloq, Uyçi tumanida istiqomat qiluvçi keksalar, ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va mehnat faxriylari bilan uçraşuvlarda iştirok etdilar, xonadonlarini ziyorat qildilar. Söng Andijon viloyatining şahar va tumanlarida, jumladan Andijon şahri, Asaka, Izboskan, Şahrixon, Buloqboşi, Oltinköl, Andijon va Paxtaobod tumanlarida ham böldilar. 

Uçraşuvlar kötarinki ruxda ötib, unutilmas taassurotlarga boy böldi. Yuz bilan yuzlaşgan yoki bir asrdan oşgan nuroniylar Ikkinçi jahon uruşining dahşatlari, özbek jangçilarining körsatgan jasoratlari, qahramonliklari, uruşning xalqimiz boşiga solgan kulfati haqida gapirar ekanlar, bugungi yurtimizda hukm surayotgan tinçlik degan oliy ne'matning qadriga yetiş, uni asrab avaylaş zarurligini ta'kidladilar.