Boliviyada dunyodagi eng keksa ayol aniqlandi. U bilan Associated Press agentligi muxbirlari suhbatlaşişdi.
Xulia Flores Kolke 1900 yil 26 oktabrda Sakaba şahrida keçua hindulari oilasida tuğilgan. Bolaligi toğda çöponlar orasida ötgan, keyinroq şaharga köçib kelgan va özi yetiştirgan meva-sabzavotlarni sotiş bilan kun keçirgan. Kolke uzoq umr keçirişining asosiy siri soğlom ovqatlanişda deb biladi va ba'zida pirog yeyişi yoki gazlangan suv içişi mumkinligini aytgan. U turmuşga çiqmagan va farzand körmagan.
Kolkening aytişiça, u kunni çarango deb nomlanuvçi torli musiqa asbobini çaliş bilan ötkazadi. U it, muşuk va tovuq boqadi. 65 yoşli nabira jiyani Agustina Berna Kolkening holidan xabar olib turadi.
Kolke dunyodagi eng keksa ayol hisoblanadi. Uning yoşi jahon rekordçisi, şu yilning iyulida vafot etgan 1901 yilda tuğilgan yaponiyalik Tiye Miyakodan ham katta. Ammo Ginnessning rekordlar kitobi vakillari Kolkedan ariza tuşmaganligini bildirişdi. Jurnalistlarning aniqlaşlariça, ayolning bunday kitob borligidan xabari ham bölmagan.
Sakaba şahri hokimiyati Kolkeni «tirik meros» deb e'lon qildi. Hukumat va şaxsiy fondlar hisobiga uning uyi ta'mirlab berildi. Kolke bir neça yil ilgari yiqilib tuşib beli lat yegandi. Şifokorlar uning oyoqqa tura olmasligini aytişgan, ammo ayol ularning bu taxminlarini yöqqa çiqargandi.












