Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi şaxslar uçun nafaqalar tayinlaş, tölaş va qayta hisoblaş tartibini yanada takomillaştiriş hamda uşbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş orqali davlat xizmati sifatini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022 yil 1 oktyabrdan boşlab quyidagilarni nazarda tutuvçi tartiblar joriy etiladi:
- Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamğarmasi tomonidan özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar va özgalar parvarişiga muhtoj bölgan nogironligi bölgan şaxslarga proaktiv usul asosida har oylik qöşimça tölovni tayinlaş;
- 18 yoşgaça nogironligi bölgan bolalarga va özgalar parvarişiga muhtoj 18 yoşgaça nogironligi bölgan bola qonuniy vakiliga proaktiv usulda nafaqalarni tayinlaş.
Bunda, nafaqalar uşbu toifa şaxslar heç qanday murojaatlarisiz axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida tayinlanadi.
Quyidagilar:
- davlat pensiyasini tayinlaş uçun zarur iş stajiga ega bölmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim şaxslar toifasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifa şaxslar uçun har oylik nafaqalarni oliş uçun murojaat qiliş tartibi, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifa şaxslar uçun har oylik nafaqalarni tayinlaş, qayta hisoblaş, tölaş va tölovini tiklaş tartibini nazarda tutuvçi ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan ayrim toifadagi şaxslarga nafaqa tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizom;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi şaxslarga nafaqa tayinlaşda Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali birgina sörovnomani töldirgan holda nafaqa tayinlaşni nazarda tutuvçi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi şaxslarga nafaqa tayinlaş böyiça davlat xizmati körsatiş ma’muriy reglamenti;
- 18 yoşgaça nogironligi bölgan bola va özgalar parvarişiga muhtoj 18 yoşgaça nogironligi bölgan bola qonuniy vakiliga biror-bir turdagi murojaatini talab etmasdan vazirlik va idoralar axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlarga asosan proaktiv usulda nafaqalar tayinlaşni nazarda tutuvçi 18 yoşgaça nogironligi bölgan bolalarga va özgalar parvarişiga muhtoj 18 yoşgaça nogironligi bölgan bola qonuniy vakiliga proaktiv usulda nafaqalar tayinlaş böyiça davlat xizmati körsatiş ma’muriy reglamenti;
- özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar va özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz nogironligi bölgan şaxslardan biror-bir turdagi murojaat talab etmasdan vazirlik va idoralar axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlarga asosan proaktiv usulda qöşimça tölovni tayinlaşni nazarda tutuvçi özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar va özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz nogironligi bölgan şaxslarga proaktiv usulda qöşimça tölovni tayinlaş böyiça davlat xizmati körsatiş ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi va 2022 yil 1 oktyabrdan kuçga kiradi.

















