«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasi 1/8 finali dastlabki o‘yini doirasidagi «Chelsi» (3:0) bilan o‘yinda jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Myunxen jamoasining 31 yoshli polshalik forvardiga tizza bo‘g‘imining shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Hujumchi 4 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Levandovski bu oraliqda «Chelsi»ga qarshi javob bahsida ham o‘ynay olmaydi.
Ma'lumot uchun, Levandovski Bundesliga joriy mavsumida 23 o‘yinda 25ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, u YeChLda «gol+pas» tizimi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.