Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Robert Levandovski «Barselona» hujumchisiga aylandi
«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Bundesligadan La Ligaga ko‘chib o‘tdi.
Foto: Getty Images
«Bavariya» klubi rasmiy sayti polshalik 33 yoshli forvard transferi bo‘yicha Kataloniya klubi bilan kelishuvga erishganini rasman e’lon qildi. Robert «Barsa» bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
«Barselona» Levandovski transferi uchun Myunxen klubiga 45 million yevro va yana 5 mln yevroni bonus sifatida to‘lashi kutilmoqda.
Levandovski Myunxen klubi safiga 2014 yilda qo‘shilib, «Bavariya»da 8 yil davomida to‘p surdi. U jamoada 8 karra Bundesliga g‘olibi, 3 karra Germaniya kubogi sohibi va 5 marta Germaniya Superkubogida zafar quchdi. 2019/20 yilgi mavsumda esa YeChL sohibi bo‘ldi. Shuningdek, Robert so‘nggi 5 yil davomida Bundesliganing eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli polshalik forvard «Bavariya»dagi 8 yillik faoliyati davomida jami 375 o‘yinda 344ta gol va 72ta assistga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026