Bir haftada - 20 dan ortiq transfer. Yevropa jamoalarida qanday özgarişlar?
|16:16 / 24.07.202222 43214 min
«Barselona» hujumni kuçaytirdi, «Bavariya» va «Mançester Yunayted» - mudofaani.
Foto: ERIC ESPADA/GETTY IMAGESFoto: ERIC ESPADA/GETTY IMAGES
Yevropa klublari yangi mavsum uçun öz tarkibini mustahkamlaşda davom etmoqda. Bir hafta içida Yevropada 20 dan ortiq transferlar amalga oşirildi, ular orasida katta transferlar ham bor. Masalan, Robert Levandovski «Bavariya»ni tark etdi, Paulo Dibala «Yuventus»dan ketgaç, öziga yangi klub topdi, «Mançester Yunayted» esa yangi himoyaçi sotib oldi. Quyida sönggi kunlarda amalga oşirilgan asosiy transferlar haqida.
Robert Levandovski: «Bavariya» → «Barselona» (45 mln yevro)
Sakkiz mavsum mobaynida polşalik forvard nomi faqat «Bavariya» bilan boğliq edi. Bu yozda esa Robert vaziyatni özgartirişni istaşi va Ispaniya çempionatiga ötmoqçiligi töğrisida aniq qilib aytdi. Klublar uzoq vaqt davomida muzokara olib borişdi, Levandovski esa myunxenliklar jamoasi maşğulotlariga istar-istamay qatnab turdi. Yakunda tomonlar kelişuvga erişdi va 33 yoşli polyak «Barsa» bilan şartnoma imzoladi. Kök-anorranglilar prezidenti Joan Laporta transferni ahamiyatini yuqori baholadi va rahbariyat klubni jahon elitasiga qaytarganini aytdi. Ötgan mavsumda Levandovski Bundesligada 35, Çempionlar ligasida esa 13 gol urgan.
Matteys de Ligt: «Yuventus» → «Bavariya» (67 mln yevro)
«Bavariya» mudofaa çiziğini 22 yoşli niderland bilan mustahkamladi va buning uçun kattagina mablağ sarfladi. Tan oliş kerak, uç yil muqaddam «Yuventus» de Ligtni «Ayaks»dan 85,5 mln yevroga sotib olgandi. Uşbu himoyaçi «Bavariya» tarixidagi eng qimmatbaho ikkinçi transfer böldi. Nemislar grandi bundan kattaroq mablağni Lukas Ernandesga tölagandi (80 mln yevro). «Bavariya» boş murabbiyi Yulian Nagelsman de Ligt transferini izohlar ekan, uni dunyodagi eng iste’dodli markaziy himoyaçilardan biri deb atadi. Matteys transferdan ikki kun ötib nazorat bahsida debyut golini urdi va bu işni maydonga çiqqanidan bir neça daqiqa ötib amalga oşirdi. Ötgan mavsumda u turinliklar safida jami 42 öyinda maydonga tuşib, uç gol urişga erişgan.
Mavzuga oid
Foto: TIM NWACHUKWU/GETTY IMAGES
Lisandro Martines: «Ayaks» → «Mançester Yunayted» (57,37 mln yevro)
«MYu» boş murabbiyi Erik ten Hag Martinesning transferidan keyingi intervyusida undagi kayfiyat va yuqori jangovar ruhni qayd etib, u bilan yaqindan taniş ekanini ta’kidladi. Ular ötgan mavsumda «Ayaks»da birga işlaşgandi. Mankunianliklar 24 yoşli argentinalik himoyaçiga ançagina mablağ sarfladi. Statistiklar allaqaçon 175 santimetrli Martines — APLdagi eng böyi past markaziy himoyaçi ekanini hisoblab çiqişdi. Şu bilan birga, murabbiy zarurat tuğilganda undan tayanç yarimhimoyaçisi sifatida ham foydalanişi mumkin.
Bremer: «Torino» → «Yuventus» (41 mln yevro)
Tört yil oldin «Torino» uşbu braziliyalikni 5,8 mln yevroga sotib olgandi, endi esa qöşnilariga qariyb yetti barobar narxga sotmoqda. Bremer «hökizlar» jamoasi safidaligida ötgan mavsum yakunlariga köra A Seriyaning eng yaxşi himoyaçisi darajasigaça çiqdi. «Yuventus» de Ligt ketgaç, markaziy himoyaçiga ehtiyoj sezdi va Italiya çempionatida öynaş tajribasiga ega bölgan futbolçini olişga qaror qildi. 25 yoşli braziliyalik öz ampluasiga nisbatan olganda ança samarali («Torino» safidagi 110 öyinda 13 gol). «Yuventus»ning sobiq futbolçisi, jahon çempioni va «Oltin töp» sohibi Fabio Kannavaro Bremerning alohida ustunliklari sifatida jismoniy körsatkiçlari va texnikasini keltirgan. Ammo şu bilan birga, «Yuventus» uçun öynaş — butunlay boşqa daraja ekanini qayd etgan.
Foto: JUVENTUS.COM
Oleksandr Zinçenko: «Mançester Siti» → «Arsenal» (35 mln yevro)
«Arsenal» yozgi transferlar davrida pul sarflaş böyiça yetakçi klub bölib turibdi. London klubi yangi futbolçilar uçun jami 120 mln yevro sarfladi. 25 yoşli Zinçenko közda yoş bilan «Mançester Siti»ni tark etdi, u 2016 yildan buyon şu klubda töp surib kelayotgandi. Ukrain futbolçisi «Arsenal»ga ötişini bolalik orzusi uşalişi deb atadi va yangi klubi bilan ilk maşğulotlarda iştirok etişga ham ulgurdi. Öz vaqtida u bilan «şaharliklar» safida ham hamkorlik qilgan va endi poytaxt klubini boşqarayotgan Mikel Arteta futbolçidagi universalizmni, xarakterga egaligi va ajoyib insoniy fazilatlarga egaligini qayd etgan. Ukrainalik futbolçi «Arsenal» safida «Çelsi»ga qarşi navbatdagi nazorat uçraşuvida debyut qilişga ulgurdi. Ötgan mavsumda Zinçenko «Siti» uçun barça turnirlar doirasida 28 öyinda maydonga tuşib, beş golga uzatma bergan.
Foto: STUART MACFARLANE/GETTY IMAGES
Paulo Dibala: «Yuventus» → «Roma» (erkin agent)
Argentinalik hujumçi «Yuventus»ni tark etdi (u bu yerda 2015 yildan buyon öynayotgandi), ammo Italiyada qoldi. Mahalliy naşrlar uzoq vaqt davomida u «Inter»ga ötişi haqida yozib kelişdi, ammo tomonlar moliyaviy masalalarda baribir kelişa olişmadi. Dibala «Roma» bilan şartnoma imzoladi, oxirgi qarorni esa Joze Mourino bilan gaplaşganidan keyin qabul qildi. «Napoli» katta pul taklif qilib turgan bölsa-da, murabbiy 28 yoşli futbolçini poytaxt klubiga ötişga köndirdi. Portugaliyalik mutaxassis qöl ostida öynaş uçun Dibala hatto Çempionlar ligasida öynaş imkoniyatidan ham voz keçdi va endi «Roma» bilan Yevropa Ligasida öynaydi. Şuni yodda tutiş kerakki, «Yuventus»dagi ilk uç mavsumda Dibala A Seriya öyinlarida 52 gol urgandi, keyingi tört mavsumda esa — atigi 30 gol böldi.
Uşbu yarimhimoyaçi 21 yilni «MYu» tizimida ötkazdi va bir neça kun oldin APLning yangi a’zosi bilan şartnoma imzoladi. «Nottinghem» futbolçining moliyaviy talablarini qondirgan holda, «Vest Hem» bilan raqobatda ustun keldi. 29 yoşli Lingardning yangi klubidagi maoşi haftasiga 230 ming yevro atrofida böladi (The Guardian ma’lumoti). Lingard ötgan mavsumda «MYu»da 21 öyinda maydonga tuşgan, ammo u har bir öyinda örtaça 26 daqiqa maydonda bölgandi. The Athletic ma’lumotiga köra, «Di-Si Yunayted»ning yangi boş murabbiyi Ueyn Runi uşbu futbolçini okeanortiga olib ketişni istagan, ammo futbolçi Angliyada qolişga qaror qilgan.
Dani Alves: «Barselona» → «Pumas» (erkin agent)
Jahonning eng sovrindor futbolçisi «Barselona»dan ikkinçi bor ketgaç, öziga yangi klub topdi. 39 yoşli himoyaçi Meksika yaşil maydonlarida bir yil davomida töp suradi. Bungaça Alves faqat Braziliya va Yevropada öynagandi. Ötgan mavsumning ikkinçi yarmini Dani «Barsa»da ötkazdi, u bu klubga beş yillik tanaffusdan keyin qaytgandi. «Bilaman, hamma mening yoşim haqida gapirmoqda, barça men bilan şartnoma imzolaşni istagan 20 yil oldingidan farqli ölaroq, endi qariligim va heç kimga kerak emasligimni aytişmoqda. Ammo men bunday fikrlarga mutlaqo qöşilmayman. Bugungi kunda menda 20 yil oldin bölmagan tajriba bor», — degandi Alves bir neça kun oldin.
Foto: BRENDON THORNE/GETTY IMAGES
Brayan Brobbi: «RB Leypsig» → «Ayaks» (16,35 mln yevro)
Amsterdam jamoasi bungaça öz safida ijara asosida öynagan 20 yoşli hujumçini sotib oldi. Brobbi ötgan mavsumning birinçi yarmini Germaniyada ötkazib (Bundesligada töqqiz öyin, gol yöq), keyin Niderlandiya çempionatiga kelgandi. Bu yerda forvardning işlari ança yaxşi keçdi — u 11 öyinda maydonga tuşib, yetti gol urişga ulgurdi. Kelişuvga köra, Brobbi yaqin beş yilni «Ayaks»da ötkazadi.
Jyed Spens: «Midlsbro» → «Tottenhem» (14,7 mln yevro)
Öng qanot himoyaçisi 2021/2022 yilgi mavsumni «Midlsbro»da boşlab, keyin «Nottinghem Forest»ga ijaraga berilgandi. U yerda angliyalik jamoaning muhim futbolçisiga aylandi va jamoaga yuqori divizionga qaytişda yordam körsatdi. U jami 50 öyin ötkazib, uç gol urdi va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi. Mavsum yakunlariga köra, APLning köplab klublari unga qiziqiş bildirişdi, yakunda 21 yoşli Spens «Tottenhem»ni tanladi. London klubi yangi mavsum arafasida tarkibni kuçaytirmoqda, Konte şogirdlari bu mavsumda Çempionlar ligasida öynaydi.
Foto: TOTTENHAM HOTSPUR/GETTY IMAGES
Ben Devis: «Liverpul» → «Reyndjers» (4,70 mln yevro)
Devis «Liverpul»ga «Preston»dan 1,85 mln yevro evaziga ötgandi. Bir yarim yil içida u mersisaydliklar safida APLda birorta öyinda maydonga tuşmadi, ammo klub uni Şotlandiya klubiga yaxşi narxga sota oldi. Devis 26 yoşda va unga öyin amaliyoti kerak. «Reyndjers» unga «Liverpul»dagidan köra köproq imkoniyat taqdim etişi tayin. Ötgan mavsumda futbolçi «Şeffild»da ijara asosida öynadi (Çempionşipda 21 öyin va bir gol).
Boşqa transferlar
Hujumçi Duayt Geyl «Stok Siti» bilan ikki yillik şartnoma imzoladi. Ötgan mavsumni u «Nyukasl»da ötkazgandi (töqqiz öyin, birorta gol yöq).
«Byornli»ning sobiq himoyaçisi Ben Mi erkin agent maqomida «Brentford»ga ötdi. Kelişuv ikki yil muddatga tuzilgan.
«Liverpul» markaziy himoyaçisi Ris Uilyams «Blekpul»ga ketdi. Kelişuvga köra u 2022/2023 yilgi mavsum yakuniga qadar ijaraga berilgan.
«Vulverhempton» hujumçi Fabiu Silvani ijaraga berib yubordi. U yangi mavsumni «Anderleht»da ötkazadi. Ikki yil muqaddam «börilar» uşbu yoş futbolçini 40 mln yevroga sotib olgandi.
«Napoli» «Brayton»day markaziy himoyaçi Leo Estigorni sotib oldi. Transfer qiymati 5 mln yevroni taşkil etgan. 22 yoşli norvegiyalik ötgan mavsumning ikkinçi yarmini «Jyenoa»da ijara asosida ötkazgandi.
Himoyaçi Leo Dyubua «Lion»ni tark etdi va «Galatasaroy» bilan şartnoma imzoladi. Kelişuv qiymati — 2,5 mln yevro.
«Sauthempton» «Bordo»dan 19 yoşli hujumçi Seku Marani sotib oldi. Fransiya yoşlar termasi futbolçisi bölgan Mara APL klubiga 13 mln yevroga tuşgan.
«PSJ» «Reyms»dan 20 yoşli hujumçi Ugo Ekitikeni ijaraga oldi. Ötgan mavsumda u Fransiya çempionatining 23 öyinida 10 gol urgan.
30 yoşli hujumçi Joao Pedro «Kalyari»ni «Fenerbahçe»ga almaştirdi. Turklar klubi uning transferi uçun 4,68 mln yevro töladi.
«Monsa» «Yuventus»dan 21 yoşli yarimhimoyaçi Filippo Ranokkyuni bir mavsumga ijaraga oldi. «Verona» hujumçisi Janluka Kaprari ham xuddi şu sxema asosida A Seriyaga çiqqan klub safiga qöşilgan.
«Napoli» himoyaçisi Sebastyano Luperto yangi mavsumda «Empoli»da öynaydi (ijara).
«Spetsiya» «Milan»dan himoyaçi Mattiya Kaldarani ijaraga oldi. U ötgan mavsumni ijara asosida «Venetsiya»da ötkazgandi.
«Fiorentina» Donetskning «Şaxtyor» klubidan braziliyalik himoyaçi Dodoni öz safiga qöşib olgani haqida e’lon qildi. 23 yoşli futbolçi bilan beş yillik şartnoma tuzilgan. Transfer qiymati — 14,5 mln yevro.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi