15:13 / 27.02.2020
0
12663
«O‘zbekneftgaz»da yangi tayinlov amalga oshirildi 

Murodjon Umarov Korporativ munosabatlar va aktivlarni boshqarish departamenti boshlig‘i lavozimini egalladi

Foto: O‘zbekneftgaz

“O‘zbekneftgaz” AJda yangi rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda kompaniya xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Korporativ munosabatlar va aktivlarni boshqarish departamenti boshlig‘i lavozimiga Murodjon Yo‘lchiboyevich Umarov tayinlandi.

Murodjon Umarov shu vaqtga qadar “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Bundan oldin, Alisher Egamov Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani xabar berilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top