
Foto: Xinhua/Liu Bin
Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvda Xitoyga mamlakat uchun hozirgi og‘ir sharoitda ko‘mak sifatida 30 mingta qo‘y sovg‘a qildi.
Battulga ayni vaqtda Xitoyda tashrif bilan qolmoqda. U 27 fevralda Pekindagi xalq yig‘inlari saroyida o‘tgan muzokaralardan keyin Si Tszinpinga koronavirusga qarshi kurashayotgan Xitoyga ko‘mak sifatida 30 mingta qo‘y berilishini tasdiqlovchi sertifikatni topshirgan.