17:56 / 02.03.2020
0
6565
Erdo‘g‘an Turkiya YeI bilan chegarasini yopmasligini aytdi

Turkiya Suriyaning Idlibida vaziyat keskinlashganidan so‘ng migrantlar va qochqinlar oqimini to‘xtatib tura olmasligini bildirdi va YeI bilan chegaralarini ochib yubordi. Shundan keyin minglab migrantlar Gretsiya chegarasiga yetib keldi.

Foto: AP Photo / Presidential Press Service

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uning mamlakati suriyalik qochqinlar uchun YeI bilan chegarasini yopmasligini ma'lum qildi

"Qo‘ng‘iroq qilishyapti va chegaralarni yopinglar deyishyapti. Endi kech dedim. G‘arb qochqinlar uchun mas'uliyat yukini bo‘lishishi kerak. Bugun Bolgariya bosh vaziri bilan uchrashamiz, ertaga Angela Merkel bilan gaplashaman", - dedi Erdo‘g‘an Anqaradagi chiqishida.

Turkiya Suriyaning Idlibida vaziyat keskinlashganidan so‘ng migrantlar va qochqinlar oqimini to‘xtatib tura olmasligini bildirdi va YeI bilan chegaralarini ochib yubordi. Shundan keyin minglab migrantlar Gretsiya chegarasiga yetib keldi. Uch kun ichida chegarani noqonuniy kesib o‘tishga bo‘lgan 20 mingga yaqin urinishning oldi olindi. 

YeIning tashqi chegaralar nazorati bo‘yicha Frontex agentligi Turkiyadan qochqinlarlar oqimi kuchaygani sababli Yevrohamjamiyat chegaralarini himoya qilish bo‘yicha tayyorgarlikni yuqori darajaga ko‘tardi.

Mavzu
Idlib mojarosi
2019 yil dekabrida Suriya armiyasi Idlibni to‘liq egallash uchun yurish boshladi. Turkiya esa Suriya shimolidagi ittifoqchilarini himoya qilish uchun bu hududdagi kuzatuv postlariga minglab harbiylarini jo‘natdi va ikki tomon o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bera boshladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top