Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel 1 may, çorşanba kuni «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun loyihasi qabul qilinişi munosabati bilan Tbilisida mamlakat hukumatini tanqid qilgan namoyişçilarga nisbatan Gurjiston rasmiylari tomonidan qöllangan zöravonlikni keskin qoraladi. «Gurjiston Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod davlatdir va men uning rasmiylarini tinç miting ötkaziş huquqini ta’minlaşga çaqiraman, ularni bostiriş uçun kuç işlatiş qabul qilinişi mumkin emas», deb yozgan Borrel ijtimoiy tarmoqda. 

Ommaviy namoyişlar paytida 60 dan ortiq kişi hibsga olindi

1 mayga ötar keçasi Gurjiston politsiyasi Tbilisidagi ommaviy namoyişlarning 63 nafar iştirokçisini hibsga oldi, dedi içki işlar vaziri örinbosari Aleksandr Daraxvelidze brifingda. Namoyişçilarning «zöravon harakatlari» natijasida olti nafar politsiyaçi yaralangan, dedi u. 

Daraxvelidze miting iştirokçilariga nisbatan kuç qöllanganini «namoyiş zöravonlik tusini olgani» bilan izohladi, «ular politsiyaga oğzaki va jismonan hujum qildi, turli oğir buyumlar, toşlar va şişalarni uloqtirdi», deyiladi Gurjiston içki işlar idorasi bayonotida. Namoyişçilar «çiqiş yöllarini sun’iy ravişda tösib qöydi va Gurjiston parlamenti a’zolarining binoni tark etişiga ruxsat bermasliklarini ma’lum qildi», deya aniqlik kiritdi departament. Bunday harakatlar qonun bilan taqiqlangan, deb qöşimça qildi IIV. 

Gurjistonda ommaviy namoyişlar davom etmoqda 

DW muxbirining xabar berişiça, 1 mayga ötar keçasi namoyişçilar parlamentga yaqin joyda barrikadalar örnatgan. Maxsus kuçlar vaqti-vaqti bilan odamlarni qölga olib, suv va közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan. Namoyişçilar tarqalib ketdi, lekin tez orada qaytib keldi. Rustaveli şohköçasida tunda bir neça ming kişi qolgan.

Ertalab politsiya namoyişçilarni tarqatib yuborişga urinişni töxtatdi va diqqatini parlamentning yon tomondagi kirişlarini qöriqlaşga qaratdi. Qolgan namoyişçilar bino oldidagi böş joyni egallab, tösiqlar bilan OAVdan ajralib, çiqindilarni yiğişga kirişgan. 

Politsiya OAV vakillari va siyosatçilarni kaltakladi