Yevropa Ittifoqi Germaniya va Çexiyaga qarşi «yomon niyatli kiberkampaniya»ni qoraladi, unda, bu mamlakatlar rasmiylariga köra, rossiyalik hakerlar iştirok etmoqda. Bryussel 3 may, juma kuni bergan bayonotida YeI bunday hujumlarga javob beriş uçun öz ixtiyoridagi «töliq imkoniyatlardan» foydalanişi haqida ogohlantirdi.

Avvalroq, 3 may kuni Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Avstraliyaga taşrifi çoğida Germaniya rasmiylari 2023 yilda Germaniyaning hukmron Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) elektron poçta serveriga qilingan hakerlik hujumi manbasini aniqlaganini aytgan edi. Germaniya TIV rahbari sözlariga köra, partiya rahbariyatining qator elektron akkauntlari buzib kirişi ortida Rossiya harbiy razvedkasi bilan aloqador deb hisoblangan APT28 hakerlik guruhi turibdi.

Şu bilan birga, Berbok bu hujum oqibatlarsiz qolmasligiga va’da berdi. Keyinroq Germaniya Taşqi işlar vazirligi Rossiyaning Berlindagi elçixonasi muvaqqat işlar vakili hakerlar mojarosi yuzasidan TIVga çaqirilganini ma’lum qildi.

Öz navbatida, Çexiya Taşqi işlar vazirligi mamlakatdagi bir qator siyosiy tuzilmalar ham 2023 yildan buyon rossiyalik hakerlar hujumiga uçragani haqida bayonot berdi. Taşqi işlar vazirligi ta’kidlaganidek, APT28 guruhi hujumçilari Microsoft Outlook elektron poçta dasturidagi zaiflikdan foydalangan.

Rossiyadan Germaniya va Çexiyaga qarşi kiberhujumlar haqidagi xabarlarga NATO munosabati 

NATO, şuningdek, Germaniya va Çexiya bilan uşbu mamlakatlarni nişonga olgan kiberhujumlarning yangi dalillari asosida birdamlik bildirdi.

«Ittifoqçilar Germaniya va Çexiya öz mamlakatlaridagi zararli kiberfaoliyat uçun javobgarlikni tahdidga ega Rossiya homiyligidagi APT28 guruhi, xususan, Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi boş boşqarmasi zimmasiga yuklaganini tan oladi. Ittifoqçilar, şuningdek, xuddi şu tahdid soluvçi boşqa milliy davlat idoralari, muhim infratuzilma operatorlari va ittifoqdagi boşqa taşkilotlarga, jumladan, Litva, Polşa, Slovakiya va Şvetsiyaga hujum qilganini xavotir bilan qayd etadi», — deyiladi 3 may kuni NATO saytida e’lon qilingan bayonotda. 

«Biz demokratik institutlar, milliy xavfsizlik va erkin jamiyatlarimizga putur yetkazişga qaratilgan zararli kiberharakatlarni keskin qoralaymiz», deya bayonot berdi NATO.