21:24 / 03.03.2020
0
9257
AQSh Idlibda Turkiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Idlib masalasida muzokara o‘tkazadi.

Foto: Getty Images

AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jyeyms Jyeffri Vashington Suriyaning Idlibida Turkiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Jyeffri va AQShning BMTdagi doimiy vakili Kelli Kraft kuni kecha Turkiyaga tashrif bilan keldi. Ular Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sedat Unal bilan muzokaralar o‘tkazdi, so‘ngra Suriya bilan chegaradosh Xatay viloyatida bo‘ldi.

"Biz Idlibda Turkiyani qurol-yarog‘ yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlamoqchimiz", - deya Jyeffridan iqtibos keltiradi Sabah gazetasi.

Suriyaning Idlib provinsiyasida jiddiy eskalatsiya yuzaga kelgan: payshanba kuni kechqurungi havo hujumi oqibatida Turkiya armiyasining kamida 33 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Turkiya tomoni havo zarbalari “Suriya rejimi” harbiy-havo kuchlari tomonidan yo‘llanganini ma'lum qilgan. Suriyaning bosh ittifoqchisi Rossiya hujum nishoniga tushib qolgan turkiyalik harbiylar «terrorchilar orasida bo‘lgani»ni ma'lum qilgan. Turkiya buni inkor etgan. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Idlib masalasida muzokara o‘tkazadi.  

Mavzu
Idlib mojarosi
2019 yil dekabrida Suriya armiyasi Idlibni to‘liq egallash uchun yurish boshladi. Turkiya esa Suriya shimolidagi ittifoqchilarini himoya qilish uchun bu hududdagi kuzatuv postlariga minglab harbiylarini jo‘natdi va ikki tomon o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bera boshladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top