07:41 / 04.03.2020
0
4920
Jahon banki koronavirusga qarshi kurashish uchun 12 mlrd dollar ajratmoqda 

Jahon banki koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish uchun birinchi badal sifatida 12 mlrd dollar ajratishini e'lon qildi.  

Foto: REUTERS / Wana News Agency

“COVID-19’ga qarshi kurashdagi yordam paketi 12 mlrd dollargacha moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi. Undan 8 mlrd dollari tezkor tartibda ajratiladi”, deyilgan bank bayonotida.   

Ta'kidlanishicha, Jahon banki rivojlanayotgan davlatlarga “sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga, jumladan odamlarni epidemiyadan himoyalash uchun tibbiy xizmatlardan foydalana olishini yaxshilash, kasalliklar ortidan epidemik nazoratni kuchaytirish, jamoat sog‘lig‘i sohasidagi tadbirlarni faollashtirish va iqtisodiyotga ta'sirni kamaytirish maqsadida xususiy sektorda hamkorlikka” yordam beradi.   

Yordam Jahon bankiga kiruvchi tashkilotlar – Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi liniyalari orqali taqdim etiladi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top