Vaşingtonda bölib ötayotgan Jahon banki guruhi va Xalqaro valuta jamğarmasining bahorgi sammitida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça vitse-prezidenti Antonella Bassani hamda Özbekiston boş vaziri örinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov muzokaralar olib bordi, deya xabar bermoqda Jahon banki matbuot xizmati.
Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Xususan, bank tomonidan hukumatning bozor islohotlarini amalga oşirişdagi sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaş va iqlim özgarişi ta’siriga qarşi çora-tadbirlar strategiyasi körib çiqilgan.
Şuningdek, tomonlar Özbekistonga raqamli iqtisodiyotni şakllantiriş, jumladan, IT-xizmatlar sohasida rivojlaniş, investitsiyalarni jalb qiliş va yangi iş örinlari yaratişga yordam beradigan loyihani moliyalaştiriş böyiça kelişuv imzolanganini qayd etgan.
Bu kelişuv Jahon banki tomonidan Özbekistonga “Özbekistonda raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oşiriş uçun 50 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratişni nazarda tutadi.
Loyiha hukumatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş hamda qişloq va çekka hududlardagi minglab yoşlarning raqamli könikmalarga öqitiş va axborot texnologiyalariga asoslangan xizmatlar (ITEC) sohasida işga joylaşiş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaydi.

Qayd etilişiça, Özbekistonda ITEC xizmatlari eksporti 2017 yildagi 600 ming dollardan 2022 yilga kelib 140 million dollargaça sezilarli darajada oşdi, bu bilan bir vaqtda axborot texnologiyalari sohasida kompaniyalar soni va yuqori maoşli iş örinlarining oşişi kuzatildi.
“Uşbu ijobiy ösişga qaramay, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari savdosi sektorining mamlakat yalpi içki mahsulotiga qöşgan hissasi 2022 yilda 1,9 foizni taşkil etdi. Mamlakatni 2030 yilgaça rivojlantiriş strategiyasida uşbu ön yillik yakuniga qadar Özbekiston Markaziy Osiyo axborot texnologiyalari markazi (IT-hub)ga aylanişi, IT-xizmatlarining yillik eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazişi, IT-kompaniyalarning mamlakatdagi vakolatxonalari sonini 1000 tagaça oşirişi va 300 ming nafar yoşlarni IT sohasida iş bilan ta’minlaşi kerakligi aytiladi. Uşbu ulkan maqsadlarga erişiş uçun Özbekiston raqamli texnologiyalar sohasidagi zarur könikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlaş, kerakli IT va ofis infratuzilmasi, IT sohasini rivojlantiriş uçun qonunçilik normalarini va siyosatni işlab çiqiş, şuningdek, xorijiy va mahalliy investorlarni uşbu sohaga jalb qiliş uçun rağbatlar yaratişga e’tibor qaratişi kerak böladi”, – deyiladi Jahon bankining rasmiy relizida.













