Ukraina Jahon bankidan «Ösiş asoslari» taraqqiyot siyosati (Growth Foundations Development Policy Loan - DPL) uçun qarz doirasida 1,5 milliard dollar miqdorida kredit oldi. Bu haqda 29 mart, juma kuni boş vazir Denis Şmixal ma’lum qildi va bu mablağlar davlat budjetining ijtimoiy-gumanitar ehtiyojlar uçun xarajatlarini qoplaşga, şuningdek, rekonstruksiyaga yönaltirilişini ta’kidladi.
Şmixalning X ijtimoiy tarmoğidagi xabariga qaraganda, Ukraina Yaponiya kafolati ostida 984 million dollar va Britaniya kafolati ostida yana 516 million dollar oldi.
Iqtisodiyoti Rossiya bilan uruşda zaiflaşgan Ukraina ğarb hamkorlarining moliyaviy yordamiga boğliq, deb yozadi Reuters: «Biroq, joriy yilning dastlabki ikki oyida tölovlar hajmi kamayib ketdi. AQŞning yordam paketi Kongressda respublikaçilar muxolifati tomonidan bir neça oy davomida bloklanib kelyapti».
XVJdan Ukrainaga tölovlar
21 mart kuni Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) ijroiya kengaşi Ukrainaning tört yillik kengaytirilgan moliyalaştiriş mexanizmi doirasida (Extended Fund Facility Arrangement, EFF) uçinçi tahlilni yakunladi. Şu bilan birga, Kiyevga 880 million dollar (812 million yevro) miqdorida kredit tranşi taqdim etilişi ma’qullandi.
«2023 yilda Ukraina iqtisodiyoti ajoyib barqarorlikni namoyiş etişda davom etdi, ammo uruş bilan boğliq omillar qayta paydo bölyapti, istiqbol juda noaniq bölib qolmoqda», deya ma’lum qildi XVJ.











