17:09 / 05.03.2020
0
9560
Moliya vazirligida yangi boshqarma tashkil etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Moliya vazirligi

Moliya vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Moliya vaziri bir hafta muddatda Moliya vazirligi markaziy apparati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida:

Moliya vazirligi markaziy apparatida 10 ta shtat birligidan iborat Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish boshqarmasini;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari tuzilmasida 2 ta shtat birligidan iborat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini boshqarish sektorlarini tashkil etadi.

Belgilab qo‘yilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Ko‘prikqurilish” tresti” UK tarkibidagi “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun'iy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” UK va “Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUKning qurish-ta'mirlash ishlari boshlangan va yakuniga yetmagan obektlar bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi 2020 yil yakuniga qadar saqlab qolinadi.

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda:

Hududiy jamg‘armalarga avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste'molchilarga realizatsiya qilishda yoqilg‘i birligi uchun 25 so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga maxsus yig‘imlardan tushadigan mablag‘lar hisobini yuritish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni;

Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘imdan tushadigan mablag‘lar hisobini yuritish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top