00:16 / 05.03.2020
1
5134
O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi rasmiy Telegram-kanalini ochdi
Foto: Facebook/Embassy of the Republic of Uzbekistan in Seoul

29 fevraldan O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi huzurida operativ shtab o‘z ishini boshladi va u Janubiy Koreyada COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar 24 soatlik tartibda faoliyat ko‘rsatadi.

2 martdan boshlab Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan vatandoshlarimizni tezkor xabardor qilish uchun O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi Telegram messenjerida o‘zining rasmiy kanalini ochdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Elchixona diplomatik vakolatxona huzuridagi operativ shtab a'zolari bilan aloqaga chiqish ma'lumotlarini (mobil telefonlar raqamlari) e'lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi: (+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60

Zokir Saidov, siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi: (+82) 10-7281-7731

Alisher Abdusalomov, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi: (+82) 10-3213-1972

Erkin Xodjayev, birinchi kotib: (+82) 10-2674-7798

Akbarjon Turayev, birinchi kotib: (+82) 10-6659-4504

Haydar Fayziyev, konsul, ikkinchi kotib: (+82) 10-6802-1969

Abdumannon Isanov, attashe: (+82) 10-3213-4505

Ayubxon Abdullayev, “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi: (+82) 10 8718-6850

Alisher Sulaymonov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi: (+82) 10-9910-0057

Elchixona internet-resurslari:

Elchixona veb-sayti: http://uzbekistan.or.kr

Elchixonaning Facebook’dagi sahifasi: fb.com/Embassy-of-the-Republic-of-Uzbekistan-in-Seoul

Elchixonaning Telegram’dagi rasmiy kanali: t.me/uzbekembassykorea

Facebook’dagi “Uzbek studens in Korea” guruhi: fb.com/groups/1225827444169019

Telegram’dagi “Uzbek studens in Korea” guruhi: t.me/uzbek_studens_korea

Avvalroq O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi huzurida operativ shtab o‘z ishini boshlagani va u Koreya Respublikasida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar 24 soatlik tartibda faoliyat ko‘rsatishi ma'lum qilingandi.

Operativ shtab bergan ma'lumotga ko‘ra, 3 mart ertalab holatiga ko‘ra Koreya Respublikasi hududidagi O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top