Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilmadi - TIV
Elchixona yana bir bor fuqarolarga o‘z qarorlarini, jumladan vatanga qaytish to‘g‘risidagi qarorlarini jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgan
Tashqi ishlar vazirligi Koreya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, ularning oila a'zolari va yaqinlariga ma'lumot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 29 fevraldan boshlab O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi huzurida operativ shtab o‘z ishini boshladi va u Koreya Respublikasida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar 24 soatlik tartibda faoliyat ko‘rsatadi.
Shtab a'zolari O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda, tushuntirish ishlari olib bormoqda, tashkiliy-texnik masalalarni hal qilmoqda.
Bildirilishicha, elchixonaning rasmiy veb-saytida va Facebook’dagi sahifasida, Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi «Uzbek studens in Korea» guruhlarida tezkor axborotlar doimiy asosda joylashtirilmoqda.
Ta'kidlanishicha, elchixona Janubiy Koreya tomonining vakolatli organlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi va fuqarolarning konsullik-huquqiy ahamiyatdagi va boshqa turdagi masalalarini hal qilishga ko‘maklashmoqda. Koreya Respublikasi Adliya vazirligi mamlakatda qonuniy asosda bo‘lib turgan barcha O‘zbekiston fuqarolarining ID-kartalari amal qilish muddatini bir oyga uzaytirdi.
Operativ shtab bergan ma'lumotga ko‘ra, 3 mart ertalab holatiga ko‘ra Koreya Respublikasi hududidagi O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan.
Elchixona yana bir bor fuqarolarga o‘z qarorlarini, jumladan vatanga qaytish to‘g‘risidagi qarorlarini jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgan. Koreya Respublikasi Hukumati ilg‘or tibbiyot texnologiyalardan foydalangan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Kasallik aniqlangan taqdirda chet el fuqarolariga davolash bilan bog‘liq bepul malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026