22:32 / 06.03.2020
4
45667
JSST koronavirus yozda yo‘qolib ketishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. 6 mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 100 mingga yaqin kishi ushbu kasallikka chalingani qayd etilgan, 3,4 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Foto: Global Look Press/Xiao Yijiu

Yoz fasliga kelib yangi turdagi koronavirusning tarqalishi to‘xtaydi deb ta'kidlashning iloji yo‘q, deb ma'lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Maykl Rayan.

"Turli iqlimiy sharoitlarda virusning faolligi va dinamikasi qanday bo‘lishi hozircha noma'lum. Virus tarqalish xususiyatini saqlab qolishi mumkinligini tan olishimiz kerak. Virus yoz paytida yo‘qolib ketadi deb taxmin qilish umidi noo‘rin... Shunday bo‘ladi deyishga hozircha asos yo‘q", - dedi Rayan.

Koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. 6 mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 100 mingga yaqin kishi ushbu kasallikka chalingani qayd etilgan, 3,4 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top