23:05 / 08.03.2020
0
13422
Xitoyda koronavirusga chalingan yuz yoshli qariya sog‘ayib ketdi

Virusga qarshi dorilar, an'anaviy Xitoy tibbiyoti va qon quyishni o‘z ichiga olgan 13 kunlik davolanishdan so‘ng u sog‘lom deb topilgan va shifoxonadan javob berilgan.

Foto: Reuters

Xitoyda yuz yoshli qariya yangi koronavirusdan sog‘ayib ketdi va shifoxonadan uyiga javob berildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, qariya 24 fevralda koronavirus tashxisi bilan Uxandagi kasalxonaga yotqizilgan. U shuningdek, Alsgeymer kasalligi, gipertoniya va yurak yetishmovchiligidan aziyat chekkan.

Virusga qarshi dorilar, an'anaviy Xitoy tibbiyoti va qon quyishni o‘z ichiga olgan 13 kunlik davolanishdan so‘ng u sog‘lom deb topilgan va shifoxonadan javob berilgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 80 ming nafardan oshgan, 3097 kishi vafot etgan. Dunyo bo‘yicha esa kasallik yuqtirganlar 106 128 nafarga yetgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top