09:23 / 13.03.2020
13874
Xitoylik tibbiyotchilar Italiyaga yordam berish uchun Rimga yetib keldi

Xitoylik tibbiy xodimlar brigadasi 12 mart kuni italiyalik hamkasblariga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Rimga yetib keldi.

Foto: AP

Shanhaydan kelgan guruh 9 kishidan iborat bo‘lib, Xitoy sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi va Qizil xoch jamiyatining Xitoydagi bo‘linmasi tomonidan shakllantirilgan.

Xitoylik mutaxassislar o‘zlari bilan birga Italiyaga 30 tonnadan ko‘proq tibbiy va himoya materiallari olib kelishgan.

Xitoyning Italiyadagi elchisi Li Tszyunxuaning ta'kidlashicha, Italiyaga hozirda epidemiyaga qarshi kurashda materiallar va tajriba yetmayapti.

Avvalroq xitoylik mutaxassislar Eron va Iroqqa koronavirusga qarshi kurashda yordam bergani yo‘l olganlari ma'lum qilingandi. 

Italiyaga xitoylik mutaxassislarni yuborish bo‘yicha kelishuvga Xitoy va Italiya tashqi ishlar vazirlarining telefon suhbatida erishilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 15113 nafarni, vafot etganlar soni 1016 nafarni tashkil qilmoqda. Italiya virus tarqalishi ko‘lamining kattaligi bo‘yicha Xitoydan keyin 2-o‘rinni egallamoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top