17:17 / 18.03.2020
11583
Turonbank: Yangilanish bayramiga yangi ofislar!
Foto: Turonbank

Turonbankning drayveri hisoblanmish zamonaviy ofislari yana 11 taga ko‘payib, ularning soni 36 taga yetibdi. Asosiy maqsad esa yurtimizning chekka shahar-u  qishloqlarida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizning ehtiyojini to‘laqonli qondirish, mushkulini oson va uzog‘ini yaqin qilishdir.

Hozirga qadar respublika miqyosida shunday ofislarning 25 tasi faoliyat ko‘rsatgan edi. Ularga quyidagilar qo‘shildi. Xususan, Qarshida “Koson”, Navoiyda “Xatirchi” va “Navbahor”, Namanganda “Chorsu”, Samarqandda “Marhabo” hamda “Bulung‘ur”, Surxondaryoda “Qumqo‘rg‘on”, “Denov”, Farg‘onada “Ma'rifat”, Xorazmda esa “Al - Xorazmiy” va “Xonqa”.

Ushbu hududlarda aholiga barcha turdagi zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, zamonaviy bankomat va infokiosklar orqali 24/7 rejimida milliy va xalqaro plastik kartalardagi mablag‘larini naqdlashtirish, turli to‘lovlarni haftaning istalgan kuni, har qanday vaqtida amalga oshirish ham mumkin.

Bundan tashqari, ushbu ofislarda mijozlarni “Face ID” texnologiyasi orqali avtomatik indentifikatsiyalash tizimi joriy etilgani, odamlarning ham  vaqtini tejaydi ham ortiqcha ovoragarchiliklarga chek qo‘yadi. Qolaversa, Turonbank ushbu ofislarning yangi mijozlari uchun maxsus “Ofis” nomli tarif rejasini ham ishlab chiqdi va “debet” aylanmadan undiriladigan xizmat haqini hisob raqam ochilgan sanadan e'tiboran bir yil davomida bepul etib belgiladi.

“Bank mijoz uchun ishlashi kerak”. Ushbu tamoyilning hayotda nechog‘lik o‘z ijrosini topayotganini Turonbank faoliyatida ko‘rish mumkin. Zero, moliya muassasasi mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida odamlarimizning sobit hamkoriga aylanmoqda.  

Ma'lumot uchun:

Sayt: turonbank.uz

Telegram: t.me/turonbankuz

Facebook: fb.com/turonbank

Instagram: @turonbank

Call-center: (+998 95) 144-60-00

Reklama huquqi asosida

Top