18:10 / 24.03.2020
16694
«Ishlatilgan niqoblarni qirqib tashlash kerak» - Nurmat Otabekov

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov navbatdagi brifing chog‘ida chiqindixonalardan ishlatilgan niqoblar terib olib ketilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi. 

«Bu lavhani men ham ko‘rdim. Ishlatilgan niqoblarni yo‘q qilishning eng samarali usuli yoqib yuborishdir. Agar yoqib yuborishning iloji bo‘lmasa, qirqib tashlash kerak, toki uni qayta ishlatishning iloji bo‘lmasin», deydi u.

AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifing chog‘ida Nurmat Otabekov nega viloyatlarda ham karantin tashkil qilinayotgani to‘g‘risidagi savolga ham javob qaytargan.

«Biz sinov davrida yashayapmiz. Viloyatlarda ham karantin hududlari tashkil etilganiga kelsak, bu Toshkentda joy qolmaganini bildirmaydi. Toshkentda joy bo‘lishi mumkin, lekin hududlarda ham xuddi shu karantin qoidalari amal qiladi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top