23:20 / 25.03.2020
5956
Fransiya Iroqdan o‘z harbiylarini olib chiqdi

AQSh boshchiligidagi xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasida ishtirok etgan fransuz harbiylari Iroq hududini tark etdi. 

Foto: Reuters

Bu haqda 25 mart kuni Iroq armiyasi qo‘mondoni matbuot kotibi Abdulkarim Halafga tayanib Iroq yangiliklar agentligi xabar berdi.

Halafning ta'kidlashicha, fransuzlar Iroqni tark etgan va xalqaro koalitsiya aviabazasini evakuatsiya qilgan. Ular Iroqdan mahalliy hukumat bilan tuzilgan bitimga asosan chiqqan. 

Fevralda Iroq parlamentining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi xalqaro koalitsiya kuchlari Iroq hududidagi amaliyotlarini to‘xtatgani va o‘z qo‘shinlarini evakuatsiya qilmoqchiligini ma'lum qilgan. O‘shanda Al Jazeera telekanali Fransiya, Germaniya va Avstraliya Iroq armiyasining birlashgan qo‘mondonligiga o‘z qo‘shinlarini Iroqdan olib chiqishga tayyorlanayotgani bo‘yicha murojaat qilganini ma'lum qilgan. 

Top